Yangiliklar Sahifasi

anor_festival anor_festival

#TADBIR

5-oktabr kuni SHerabod tumanida respublika miqyosidagi "1-ANOR FESTIVALI" bo'lib o'tdi. Ushbu festivalda soha mutaxasislari ishtirokida anjuman o'tkazildi. Respublikamizdan tashrif buyurgan bog'bonlar o'zlarining eng sara anor navlari bilan ishtirok etib, maxsulotlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Festivalning badiiy qismida konsert dasturi tashkillashtirilib Surxondaryo viloyat filarmoniyasi xonanda va balet artistlari o'zlarining musiqiy chiqishlari bilan festival ishtirokchilariga bayramona kayfiyat baxsh etdi. Surxondaryo viloyat filarmoniyasi xonandalari Jasurbek CHorshanbiyev hamda Baxtigul Ulug'ovalarning sho'x kuy-qo'shiqlari barchani birdek raqsga chorladi.

Orqaga