1-Oktabr "USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI"
Ziyo tarqatguvchi eng aziz inson ustozdir. Ustozlarni ardoqlab har yili yurtimizda 1-oktabr "Ustozlar bayrami" sifatida nishonlanib keladi. Bugun ham Termiz shahridagi "Nigina" tantanalar saroyida Termiz shahridagi barcha ustoz va murabbiylar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Surxondaryoda viloyat filarmoniyasi xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi, ustozlar kunini chinakkam bayramona kayfiyatda o'tishiga sabab bo'ldi.
Yoshi ulug' nuroniy ustozlar, yosh va zukko pedagoglar bayrami chinakkam ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Yurtimiz bo'ylab bayram tadbirlari davom etmoqda.