Joriy yilning 6-oktabr kuni Termiz shahridagi Janubiy harbiy Qo'mondonlik tasarrufidagi harbiylar shaharchasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari uchun "O'zbekiston-vatanim manim" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolariga shukronalik dasturxoni yozilib, kechki gala konsert tashkillashtirildi. Unda Surxondaryo viloyat filarmoniyasi ijodiy jamoasi o'zlarining sho'x kuy-qo'shiqlari bilan ishtirok etdi.
Surxondaryoda viloyat madaniyat boshqarmasi, Surxondaryoda viloyat filarmoniyasi, Termiz shahar madaniyat bo'limi, Termiz garnizon harbiy orkestrining chiqishlari barchaga birdek a'lo kayfiyat baxsh etdi.